2023 yilning 6 noyabr kuni Coinpay platformasi rasman O‘zbekistonda kripto activ operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya oldi. Bu mamlakatning kripto activ bozori va barcha foydalanuvchilari uchun muhim voqea.
Litsenziya olinishi Coinpay platformasi O‘zbekistonning nazorat qiluvchi organlari tomonidan o‘rnatilgan talablar va standartlarga to‘liq mos kelishini tasdiqlaydi. Litsenziya platformaga Respublika hududida kripto activ ayirboshlash va savdo xizmatlarini qonuniy ravishda taqdim etish imkonini beradi.
Coinpay O‘zbekistonda raqamli aktivlarni tartibga soluvchi yangi qonunchilik doirasida litsenziya olgan dastlabki platformalardan biri bo‘ldi. Bu platforma xavfsizlikning yuqori standartlari va qoidalarga rioya etishini tasdiqlaydi.
Foydalanuvchilar uchun bu ularning Coinpayda operatsiyalarni qonuniy va xavfsiz ravishda amalga oshirayotganiga ishonch beradi. Litsenziyalash xizmatlar turini kengaytirish va mamlakatdagi boshqa moliyaviy institutlar bilan integratsiya qilish imkoniyatlarini ham ochib beradi.
Coinpay litsenziyasi O‘zbekistonning kripto activ bozorini rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi. Bu hodisa platformaning kripto activlar bilan xavfsiz va qonuniy ishlamoqchi bo‘lganlar uchun ishonchli hamkor sifatida mavqeini mustahkamlaydi.