Barcha integratsiya bosqichlari yakunlanganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz va endi O‘zbekiston foydalanuvchilari Binance kripto-birjasi tomonidan ishlab chiqilgan yechimdan rasmiy ravishda foydalanishlari mumkin: coinpay.uz/binance.
Ushbu xizmatning ishga tushirilishi O‘zbekiston Respublikasi Milliy istiqbolli loyihalar agentligi ko‘magida va Coinpay hamda Binance o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasida, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga to‘liq rioya qilingan holda amalga oshirildi. Endi foydalanuvchilar kripto-aktivlar bilan xavfsiz va qulay operatsiyalarni amalga oshirishlari, milliy valyutada bank kartalari va milliy to‘lov tizimlari orqali mablag‘ kiritish va yechib olish imkoniyatiga ega.
1.Mahalliy to‘lov tizimlari orqali milliy valyutada mablag‘ kiritish va yechib olish imkoniyati.
2.Binance platformasida kripto-aktivlar sohasida keng xizmatlar spektriga kirish imkoniyati.
3.Coinpay bilan hamkorlik orqali Binance platformasida barcha operatsiyalarning qonuniyligi va xavfsizligiga ishonch hosil qilish
Shuni eslatib o‘tamizki, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari Binance platformasiga faqat coinpay.uz/binance saytida berilgan havola orqali kirishlari va milliy valyutada mablag‘ kiritish va yechib olishni faqat bank kartalari va milliy to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishlari shart.
“P2P” platformasi orqali amalga oshirilgan har qanday operatsiyalar kripto-aktivlar aylanishi sohasidagi qonunchilik talablarini buzadi va belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Yangiliklarni coinpay.uz saytidan kuzatib boring va O‘zbekiston kriptovalyuta bozorining rivojlanishidagi yangi bosqichga qo‘shiling!
Coinpay va Binance sizga eslatadiki, kripto-aktivlar bilan bog‘liq barcha operatsiyalar O‘zbekiston Respublikasining kripto-aktivlar aylanishi sohasidagi qonunchilik talablari asosida amalga oshirilishi shart
Shuningdek, biz sizni xabardor qilamizki, kripto-aktivlar yuqori o‘zgaruvchanlikka ega va yuqori darajadagi xavflarni o‘z ichiga oladi. Narxlar qisqa vaqt ichida sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin, bu esa jiddiy moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi ehtimoli bor.
Barcha kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalar foydalanuvchining shaxsiy tavakkalchiligiga bog‘liq. Biz savdo operatsiyalari yoki boshqa harakatlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar uchun javobgar emasmiz.
Kripto-aktivlar bilan ishlashdan avval, ularning xususiyatlari, sotib olish, sotish va/yoki almashish usullarini o‘rganish, professional moliyaviy maslahatchi bilan maslahatlashish va moliyaviy imkoniyatlaringizni baholashingiz tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalardan foydalanishingizni, rasmiy Coinpay platformasida ko‘rsatilgan havolalar orqali o‘tishingizni va kripto-aktivlarga sarmoya kiritish orqali yuqori daromad va’da qilayotgan uchinchi shaxslarga ishonmasligingizni so‘raymiz.